Chorvoqtepa mahallasida aholini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirildi. Xususan, 2 ta yangi zamonaviy suv inshooti barpo etilib, 1 ta mavjud inshoot mukammal rekonstruksiya qilinmoqda.
Shuningdek, hududdagi xonadonlarni markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida jami 15 800 metr uzunlikdagi yangi suv tarmoqlari tortilgan.
Natijada aholining ichimlik suvi ta’minoti sezilarli darajada yaxshilanib, fuqarolar uchun qulay va sog‘lom turmush sharoitlari yaratildi.
🌐 t.me/Toyloq_tuman_Kengashi