Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Йўллар ободлиги — умумий масъулият
янв.21
📌 Депутатлик назорати доирасида ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутат назорати амалда
янв.21
Доимий комиссия йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
🌿 Сўх туманида дам олиш куни — эзгулик ва бирлик байрами!
янв.21
📊 “Инфратузилма ва ижтимоий барқарорлик” жамғармаси фаолияти таҳлил қилинди
янв.21
Фуқаро мурожаати тингланди ва ҳуқуқий тушунтириш берилди
янв.21
Депутатлар ҳудудларда
янв.21
📌 Доимий комиссия йиғилиши бўлиб утди.
#24_ta_masala

✔️Toyloq tumani Zarafshon mahallasida ichimlik suvi ta’minoti tizimida yuzaga kelgan nosozlik, xususan, suv quvurining yorilishi natijasida suv sizib chiqishi holati aniqlandi. Mazkur holat aholi uchun noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkinligi sababli muammo tezkor ravishda nazoratga olindi.

✔️Ushbu masala tuman Kengashi deputati F. Suyarov tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish jarayonida muammoning kelib chiqish sabablari aniqlanib, uni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Shundan so‘ng Toyloq tumani suv ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor ta’mirlash ishlari olib borildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida quvurdagi nosozlik to‘liq bartaraf etilib, ichimlik suvi ta’minoti qayta tiklandi. Hozirgi vaqtda mahalla aholisi uzluksiz va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda.

✔️Bunday muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish aholining turmush sharoitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, mutasaddi tashkilotlar tomonidan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini muntazam nazorat qilish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 3