Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–62-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda olib borilayotgan amaliy ishlar doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.

#PQ_62 #jamoatchilik_nazorati #deputatlik_faoliyati #Andijon_shahar #24_tavsiya

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi hududlarda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–62-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda olib borilayotgan amaliy ishlar doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyat mudiri B.Mo‘ydinov Andijon shahridagi “O‘zbekiston” MFY hududida joylashgan Amir Temur shox ko‘chasida barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli xizmat ko‘rsatish komplekslari qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida mas’ullar tomonidan qurilish jarayonlarining borishi, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan infratuzilma ishlari, hududni obodonlashtirish hamda kelgusida aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lami haqida ma’lumotlar berildi. Ta’kidlanganidek, mazkur komplekslar ishga tushirilishi natijasida hududda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, aholiga zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengayishi kutilmoqda.

Shuningdek, Kengash kotibiyat mudiri tomonidan qurilish ishlari sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi, atrof-muhitni obodonlashtirish hamda aholiga qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlab, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 6