Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 11-oktyabrda qabul qilingan 665-sonli qaror asosida Marg‘ilon shahar Kengashining 2025-yil 14-maydagi VII-9-42-11-168-K/25-sonli qarori bilan bir qator ko‘chalar asfaltlashtirish dasturiga kiritilgan edi.

📍Ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan Mashad MFY hududidagi Zarafshon ko‘chasida ayni paytda asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyiha aholining kundalik hayotini yengillashtirish, transport harakatini yaxshilash va hududning umumiy qiyofasini yanada obodonlashtirishga xizmat qiladi.

Jarayonlarni o‘rganish maqsadida hudud deputati M.Abdurahmonova tomonidan joyiga chiqib monitoring ishlari amalga oshirildi. O‘rganish davomida ish sifati va muddatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Bu esa bajarilayotgan ishlarning ochiqligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4