Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Deputat tomonidan ko‘p qavatli uylar infratuzilmasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 12–“Sharq yulduzi” saylov okrugidan saylangan deputat M.Isroilova hamda mahalla raisi tomonidan hududdagi muammolarni o‘rganish maqsadida “Sharq yulduzi” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘rikzor ko‘chasida joylashgan 3 ta ko‘p qavatli uyda bir qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, ushbu uylarning umumiy foydalanishdagi hojatxonalari avariya holatida ekani, kanalizatsiya tizimi ishlamayotgani hamda tandirxonalar mavjud emasligi yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaatlar bildirildi.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1