Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🏡 Mahallada xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

👩‍💼 Xalq deputatlar tuman Kengashining 7-Mayda saylov okrugi deputati M.Xudoyqulova tomonidan Berdoli mahallasi xotin-qizlar faoli tomonidan amalag oshirilgan ishlar o‘rganildi. 

📊 O‘rganish jarayonida mahallada istiqomat qilayotgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yosh qizlarning ta’lim-tarbiyasi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, erta nikoh va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

👨‍👩‍👧‍👦 Bundan tashqari, oilalarda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar samaradorligi ko‘rib chiqildi.

📌 O‘rganish natijalariga ko‘ra, mavjud kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

✅ Shu bilan birga, xotin-qizlar faolining faoliyati samaradorligini yanada oshirish, tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish va manzilli yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.