Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
“YASHIL MAKON” – ekologik siyosatning yangi bosqichi

“YASHIL MAKON” – ekologik siyosatning yangi bosqichi

Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi bu boradagi sa’y-harakatlarning yangi bosqichini boshlab berdi.

Mazkur loyiha doirasida yurtimiz bo‘ylab millionlab daraxt va butalar ekilayotgani, yashil hududlar kengaytirilayotgani nafaqat ekologik muhitni yaxshilash, balki aholining turmush sifatini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Ayniqsa, shahar va qishloqlarda yashil zonalar barpo etilishi havoning tozaligi, iqlim muvozanati va sog‘lom muhitni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.

Deputat sifatida ushbu tashabbusni bugungi kunning eng dolzarb va zarur loyihalaridan biri sifatida baholayman. Zero, ekologik muammolarni hal etish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratish barchamizning muhim vazifamizdir.

“Yashil makon” loyihasi doirasida har bir fuqaroning faol ishtiroki alohida ahamiyat kasb etadi. Daraxt ekish, mavjud yashil hududlarni asrash va ularga g‘amxo‘rlik qilish orqali biz nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizni ham ado etamiz.

Xulosa qilib aytganda, “Yashil makon” umummilliy loyihasi ekologik siyosatning yangi bosqichi sifatida yurtimizda yashil muhitni kengaytirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Tosheva Shaxnoza Azamatovna

Slide 1 of 1