Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
MAHALLA RAISI, HOKIM YORDAMCHISI VA XOTIN-QIZLAR FAOLI BILAN UCHRASHUV BO‘LDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati A. Soliyev Qamchifurush mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla raisi, hokim yordamchisi hamda xotin-qizlar faoli bilan birgalikda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish, kasb-hunar o‘rgatish va tadbirkorlikka jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan mas’ullarga mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, har bir xonadon bilan manzilli ishlash hamda ajratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2