Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Deputat tomonidan Ko‘xnaqo‘rg‘on mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 11-Mustaqillik saylov okrugi deputati N. Halilova tomonidan saylov okrugidagi “Ko‘xnaqo‘rg‘on” mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ularning samaradorligi tahlil qilindi.

➡️O‘rganish jarayonida 2026 yil uchun “Ayollar daftari”ga jami 182 nafar xotin-qiz kiritilgani ma’lum bo‘ldi. Shundan 30 nafari ishsizlik, 7 nafari tadbirkorlik va 20 nafari uy-joy ta’miri masalalari bo‘yicha ro‘yxatga olingan.

Deputat tomonidan olib borilgan o‘rganish davomida ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan 30 nafar xotin-qizdan 7 nafari ish bilan ta’minlangani, tadbirkorlik yo‘nalishidagi 4 nafar xotin-qizga jami 166 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgani qayd etildi.

➡️Shuningdek, xotin-qizlarga tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish ishlari reja asosida tashkil etilgani, 1 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgani aniqlandi. 2026 yilning 1-choragida ajrim holatlari qayd etilmaganligi aniqlandi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini bartaraf etish yuzasidan amaliy ko‘maklar ko‘rsatilgan.

🟢O‘rganish yakunlari bo‘yicha deputat tomonidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilishi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 2