Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani “Olmazor” mahallasi hududida joylashgan 21-sonli “Bahor” madaniyat markazi faoliyati bo‘yicha markaz xodimlarining murojaati asosida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri Xusnara Berdiyarova hamda deputat Axrorjon Ibadullayevlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

Murojaatda madaniyat markazi faoliyati so‘nggi yillarda sustlashgani, bino foydalanishdan chiqish arafasida ekani, ayrim infratuzilma qismlarining ta’mirtalab holga kelgani ta’kidlangan. Shu munosabat bilan deputatlar Boyovut tumani Madaniyat bo‘limi xodimlari bilan uchrashib, mavjud vaziyatni atroflicha muhokama qildilar.

O‘rganish jarayonida bino yopilish ehtimoli mavjudligi aniqlanib, markaz faoliyatini yaxshilash, binoni ta’mirlab qayta ishga tushirish hamda aholi, ayniqsa yoshlar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tiklash zarurligi qayd etildi.

Deputatlar tomonidan masalaga amaliy yondashuv bilan chiqilib, tegishli tashkilotlarga binoni ta’mirlash va faoliyatni tiklash bo‘yicha takliflar kiritilishi kelishib olindi.

Mazkur uchrashuv deputatlarning mahallalardagi muammolarni joyida o‘rganish, mavjud obyektlar faoliyatini saqlab qolish va aholi madaniy hayotini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarining yaqqol ifodasidir.

Slide 1 of 2