Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
🥗 Ishtixon tumanida sog‘lom ovqatlantirish tizimini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Ishtixon tumanida ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tizimini tashkil etish jarayonlarini chuqur o‘rganish maqsadida ishchi guruhi tarkibi tuzildi.

Mazkur ishchi guruhga Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati rahbarligida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qoshidagi Ekspert guruh vakillari hamda jamoatchilik a’zolari jalb etildi.

🔹Ishchi guruhning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Autsorsing asosida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning ish jarayonini o‘rganish;

Taomnomalar sifati, gigiyena qoidalariga rioya etilishi, ovqat tayyorlash sharoitlarini tahlil qilish;

Bolalarning sog‘lom ovqatlanishi, vitamin va kaloriya me’yorlariga amal qilinishini tekshirish;

Mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

📋Ishchi guruh tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganishlar natijasida ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, bolalar salomatligini mustahkamlash hamda ota-onalar ishonchini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy chora-tadbirlar belgilanadi.

✅Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — o‘quvchilarga to‘yimli, xavfsiz va sifatli taomlarni taqdim etish orqali ularning sog‘lom o‘sishiga, o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdir.

Slide 1 of 4