Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Maktablar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

 Joriy yilning 3-oktabr kuni Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining navbatdagi 17-sessiyasi kun tartibida shahar Maktabgacha va maktab
ta’limi bo‘limiga qarashli ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasi atroflicha muhokama etilgan edi. Unda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tanqid qilinib, har bir deputat o‘z saylov okruglaridagi obyektlarni nazoratga olishi hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rishda ishtirok etish vazifasi yuklatilgan. Shundan kelib chiqqan holda Xalq deputatlari shahar kengashining deputatlari M.Xoliqova va U.Mirzakalonov “Andijon” saylov okrugidagi 8-sonli umumta’lim maktabida shahar prokurori B.Ilyasov bilan birgalikda o‘rganish ishlarini olib bordilar. 8-maktabda 4 ta isitish qozonlari mavjud bo‘lib, barchasi soz holatga keltirilgan.
Qozonxona operatorlarini o‘qitish, tegishli gaz idorasidan ruxsatnoma olish, tashqi trubalarni to‘liq izolatsiya qilish, sarflanayotgan kommunal xizmatlarni aniq miqdori va mablag‘ini har oylik monitoringini yuritish, o‘lchov asboblarini soz holatda saqlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, maktab oshxonasida o‘quvchilarni ovqatlanishi ham nazoratdan o‘tkazildi. Andijon mahalasida olib borilayotgan obodonlashtirish va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish masalasi ham ko‘rib chiqildi.  

Slide 1 of 5