Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi tomonidan Navoiy davlat universitetida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda partiya viloyat Kengashi raisi o‘rinbosarlari B. Toshnazarov, M. Ochilova, bosh mutaxassislar R. Sailxonov, X. Toshev, Sh. G‘aybullayev, shuningdek, partiyadan saylangan Karmana tuman Kengashi deputati Feruza Jumayeva, partiya viloyat Kengashining “Siyosatchi ayollar klubi” a’zolari, universitet o‘qituvchi-professorlari hamda talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda deputatlar partiyaning 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar, partiya maqsad va g‘oyalari haqida so‘z yuritishdi. Shuningdek, Prezidentimiz rahbarligida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtidorli, intiluvchan va bilimli yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

 Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yakunida 28 nafar o‘qituvchi va iqtidorli talaba yoshlar partiya a’zoligiga qabul qilinib, ularga a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Slide 1 of 7