Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат назорати амалда
янв.21
Доимий комиссия йиғилиши бўлиб утди
янв.21
Депутат аҳоли билан учрашди
янв.21
Гулистон МФЙдаги 9-сонли мактаб ҳудудида барпо этилган замонавий спорт майдончасида қурилиш ишлари ўрганилмоқда.
янв.21
Депутатлар ҳудудларда
янв.21
Депутат аҳоли билан учрашди
янв.21
Депутат аҳоли билан учрашди
янв.21
Депутатлик фаолияти таҳлил қилинди
янв.21
Депутатлик назорати амалда
янв.21
Қонун ижроси юзасидан ўрганиш ва комиссия йиғилиши ўтказилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani "Navbahor" mahallasida joylashgan 48-maktab o‘quvchisida mobil telefon va internetdan noto‘g‘ri foydalanish holati aniqlandi. Xususan, o‘quvchi turli nomaqbul saytlar va kiberxavfsizlik qoidalariga zid manbalardan foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tuman Kengashi deputati, mahalla raisi Jumavoy Rahmonqulov, mahalla profilaktika inspektori hamda maktab direktori birgalikda o‘quvchi bilan tushuntirish ishlari olib bordilar. Unga axborot texnologiyalaridan noto‘g‘ri foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelishi, bunday xatti-harakatlar yosh avlod kelajagiga putur yetkazishi haqida batafsil tushuntirildi.

O‘quvchiga so‘nggi ogohlantirish berilib, bundan buyon telefon va internetdan oqilona foydalanish, darslarga jiddiy yondashish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur tadbir yoshlar orasida kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish, ularni zararli axborotlardan asrash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar sirasiga kiradi.

Slide 1 of 3