Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Front ortida fidokorona xizmat qilganlarga Prezident medali topshirildi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan, Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilgan, yelkasida og‘ir hayot sinovlarini ko‘targan, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda munosib hissa qo‘shgan bir guruh faxriylarga “Shon-shuhrat” medali topshirildi. 

Ta’kidlash joizki, ushbu yuksak mukofotni tantanali ravishda Oltinsoy tuman Kengashi Qorliq 13-saylov okrugidan saylangan deputat Mengnorova Zarifa Toshpulatovna
faxriylarga shaxsan topshirdi.
 

Marosim davomida deputat yurtdoshlarimizni bayram bilan tabriklar ekan, ularning fidokorona mehnati va jasorati bugungi yoshlar uchun ibrat maktabi ekanligini
ta’kidladi. Shuningdek, davlatimiz tomonidan keksalar va urush mehnat faxriylariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik izchil davom ettirilayotgani qayd etildi.
 

Taqdirlangan faxriylar va ularning yaqinlari bu e’tirof uchun mamlakat rahbariyati hamda xalq vakillariga samimiy minnatdorliklarini izhor etishdi. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati  

Slide 1 of 8