👤 Ishtirokchilar: Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi 18-Bo‘ston saylov okrugi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Qalandarov Azamat Shermetovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov.
📜 Huquqiy asos: “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (№ ЎРҚ-445).
📍 Jarayon: Bo‘ston MFY raisi va ko‘cha boshilari bilan birgalikda mahallada ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganilmoqda.
❗️ Muammo: Hududdagi qabristonga boradigan yo‘lni mayda tosh yotqizish masalasi fuqarolar tomonidan ko‘tarildi.
✅ Natija / Chora: Mazkur masalani hal etish va murojaatning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalasi o‘rganilmoqda.
🌿 Aholi muammolari — bizning e’tiborimizda!