📍 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Matsapayev Sherzod Alisher o‘g‘li Beshmergan MFY vakillari bilan birgalikda mahalladagi uyushmagan yoshlar holatini o‘rgandi.
🤝 O‘rganish davomida yoshlarning oilaviy sharoiti, mavjud muammolari hamda bandligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🎯 Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolariga amaliy yechim topish va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
🌱 Yoshlar e’tiborda — kelajak uchun hamkorlikda!