Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati I.Qarshiboyev Shodlik MFYda yashovchi yosh tadbirkor Berdiqulov Temur xonadonida bo‘ldi.
Temur Berdiqulov bugungi kunda chorvachilik bilan shug‘ullanib, o‘z xonadonida chorvachilikni rivojlantirish orqali daromad topib kelmoqda.
Tashrif davomida yosh tadbirkorning faoliyati, erishayotgan natijalari va kelgusidagi rejalari bilan tanishildi.
Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning daromadlarini oshirish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yosh tadbirkorga faoliyatini yanada kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.