Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Tuman adliya bo‘limining 6 oylik faoliyati doimiy komissiyada muhokama qilindi

Tuman adliya bo‘limining 6 oylik faoliyati doimiy komissiyada muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Pastdarg‘om tuman adliya bo‘limining 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Z. Safarovning axboroti tinglandi.

📌 Hisobot davrida:
🔹 jismoniy va yuridik shaxslardan 197 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 144 tasi qanoatlantirilgan, 41 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan;
🔹 sayyor va shaxsiy qabullarda 141 ta murojaat qabul qilingan;
🔹 mahalliy davlat hokimiyati organlarining 7 ta normativ-huquqiy tusdagi qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan;
🔹 o‘rganish va monitoringlar davomida 1 554 ta qonun buzilishi holati aniqlangan;
🔹 aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan 55 ta taqdimnoma hamda 18 ta ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha taklif kiritilgan.
Shuningdek, huquqiy targ‘ibot, davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda FHDYO sohalarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
📝 Muhokama davomida komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilish, ularning takrorlanishining oldini olish, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonuniylik va natijadorlikni ta’minlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
📌 Yakunda tuman adliya bo‘limining 2026-yil 6 oylik faoliyati to‘g‘risidagi axborotni Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.