Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Kotib

“Azamat” mahallasi hududida joylashgan 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida muassasaning isitish tizimi, bino xonalarining holati, issiqlik ta’minoti hamda mavsumni betalafot va samarali o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun qulay, xavfsiz va sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mavsumga tayyorgarlik jarayonida aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish, isitish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda muassasada zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Asosiy maqsadimiz-kuz-qish mavsumida bolalar uchun iliq, xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlash.

Ushbu o‘rganishda, xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Shavkat Abdukamilov

Slide 1 of 5