Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARONING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🇺🇿
янв.21
🏛 MFY XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🚧 KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN YO‘L HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
💡 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SHOVOT TUMANI XALQ DEPUTATLARI KENGASHI SESIYASIDA HUQUQ-TARTIBOT ORGANI HISOBOTINI ESHITISH JARAYONI QANDAY KECHADI?
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH: MFY XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MAXsus kunduzgi parvarish va qatnov markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🤝 “AYOLLAR DAFTARI” ORQALI UY-JOY TA’MIRI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR HOLATI O‘RGANILDI
17-MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Isroilov tomonidan Havotog‘ QFY Qo‘riq qishlog‘idagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Sovuq kunlarda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, o‘quvchilar uchun iliq va xavfsiz sharoit yaratish hamda maktabning mavsumga puxta tayyorgarligini ta’minlash muhim vazifalardan biridir. Shu maqsadda ta’lim muassasasidagi mavjud sharoitlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida maktab binosining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining holati, sinfxonalardagi harorat sharoiti, issiqlik ta’minoti hamda zarur jihozlarning mavsumga tayyorligi bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, maktab ma’muriyati bilan suhbatlashilib, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ta’lim jarayonini barqaror tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan o‘quvchilar va pedagoglar uchun qulay sharoit yaratish, isitish tizimlaridan samarali foydalanish hamda mavsum davomida aniqlanishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish zarurligiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida maktabning kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazishi, o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun munosib sharoitlarni ta’minlash hamda masalalarni deputatlik nazorati doirasida kuzatib borish muhimligi qayd etildi.

Sovuq mavsumda issiqlik — shunchaki qulaylik emas, balki ta’lim jarayonining uzluksizligi va bolalar salomatligi uchun muhim shartdir.

Slide 1 of 2