Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#Kengash_sessiyalari XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 30-SESSIYASI
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🔬 EKSPERTLAR GURUHI — KENGASH FAOLIYATINING MUHIM TAHLILIY BO'G'INI
янв.21
🏛 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 OILAVIY TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📍 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, KO‘CHA BOSHILARI BILAN AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏛 DAVLAT DASTURLARI IJROSI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN: GULISTON MFY AYOLLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
193-MAKTABDA ROBOTOTEXNIKA XONASINING JIHOZLANISHI O‘RGANILDI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #haftalik_ish_reja_doirasida

193-MAKTABDA ROBOTOTEXNIKA XONASINING JIHOZLANISHI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov boshchiligidagi ishchi guruh Chamanzor mahallasida joylashgan 193-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan robototexnika xonasining jihozlanish holatini o‘rgandi.

📁 O‘rganish ishlari Kengashning 2026-yil 14-avgustdagi III-32-71-14-202-K/26-sonli “Uchtepa tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi hamda Kengashning haftalik ish rejasi doirasida amalga oshirildi.

🕯 O'rganishda yetkazib kelingan qurilma va jihozlarning soni hamda sifati ko‘zdan kechirildi. Dastlabki taqdim etilgan robototexnika vositalarining 11 turi hali yetkazib berilmagani aniqlandi. Shuningdek, xonaning jihozlanishi va moddiy-texnik bazasi ham ko‘rib chiqildi.

📝 Kengash raisi mas’ul rahbarlarga yetishmayotgan jihozlarni yetkazib berishni tezlashtirish, barcha mahsulotlarni qonunchilik talablari asosida tekshirish hamda ulardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

📈 Bugun robototexnikaga bo‘lgan e’tibor yanada ortib bormoqda. Yaqinda xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasining birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani yoshlarimizning salohiyati va bu yo‘nalishdagi imkoniyatlar naqadar yuqori ekanini yana bir bor namoyon etdi. Shu bois maktablarda zamonaviy robototexnika xonalarini to‘liq jihozlash va o‘quvchilar uchun zarur sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 8