Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#Kengash_sessiyalari XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 30-SESSIYASI
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🔬 EKSPERTLAR GURUHI — KENGASH FAOLIYATINING MUHIM TAHLILIY BO'G'INI
янв.21
🏛 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, ICHKI YO‘LLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 OILAVIY TADBIRKORLIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📍 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, KO‘CHA BOSHILARI BILAN AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏛 DAVLAT DASTURLARI IJROSI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN: GULISTON MFY AYOLLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
#munosabat

🔰#munosabat

♦️Piskent tumani hokimining fermerlarga nisbatan tahdidli va haqoratli munosabatda bo‘lgani haqidagi xabarlar jiddiy e’tibor talab qiladi.
♦️Fermer — mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlayotgan, xalq dasturxoni to‘kinligi uchun mehnat qilayotgan inson. Ularning faoliyatini qo‘rqitish, tahdid qilish yoki sha’nini kamsitish orqali emas, balki qonuniy talablar, muloqot va o‘zaro hurmat asosida tashkil etish lozim.
♦️Rahbarlar va mansabdor shaxslarning asosiy vazifasi fuqarolarga bosim o‘tkazish emas, balki ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishdir. Har qanday topshiriq qonun doirasida, inson qadr-qimmati va mulk huquqiga hurmat bilan amalga oshirilishi shart.
♦️Mazkur holatga vakolatli organlar tomonidan xolis huquqiy baho berilishi, fermerlarga nisbatan ehtimoliy tazyiqlar qonuniy tartibda o‘rganilishi zarur. Chunki davlat hokimiyatining kuchi tahdidda emas, qonun ustuvorligi, adolat va xalq ishonchidadir.

G‘ani Hamroyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt