Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#19_1_modda
#kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati

Bandixon tumanining "Qaldirg‘och" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashiga 16-Qaldirg‘och saylov okrugidan saylangan deputat D.Qudratov, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi mudiri A.Pardayevlar tomonidan "Yangi O‘zbekiston qiyofasi" dasturi doirasida Bandixon tumanidagi "Qaldirg‘och" mahallasida  amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida mahalla guzari qurilishining borishi, qurilish ishlarining sifati, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, Deputatlar mas'ul mutasaddilari bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, mavjud masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, "Yangi O‘zbekiston" dasturi doirasida "Bandixon" mahallasi PK-49 obyekti bo‘yicha 12,9 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Mazkur loyiha asosida 75V089 "Oybek q – Bandixon Shreder ilmiy tadqiqot xo'jaligi" avtomobil yo'lining Bandixon, Bahoriston, Gulbog' va Qaldirg'och mahallalari hududidan o'tuvchi 13 kilometrlik qismida yo‘llar asfalt qoplamasini yotqizishga tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, mahalla hududida olib borilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlarning izchil davom ettirilishi yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati davomida "Yangi O‘zbekiston qiyofasi" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari belgilangan reja asosida sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi muhimligi alohida ta'kidlandi.

Slide 1 of 2