Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
“Vaziyatlar markazi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish ishlari Qo‘qon shahridagi “Vaziyatlar markazi” faoliyatini tashkil etish va uning belgilangan vazifalarni qay darajada amalga oshirayotganini o‘rganishga qaratildi.

O‘rganish davomida “Vaziyatlar markazi”ning shahar hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda va boshqa muhim vaziyatlarni 24/7 rejimida monitoring qilish, muammolarni barvaqt aniqlash hamda ularni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha faoliyati ko‘rib chiqildi.

Markaz orqali favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar, elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, ichimlik suvi, arxitektura va uy-joy kommunal xo‘jaligi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik, obodonlashtirish, yo‘l harakati xavfsizligi, soliq hamda iqtisodiyot yo‘nalishlarida yuzaga keladigan muammolarni tezkor aniqlash va tegishli tashkilotlarga yetkazish jarayonlari o‘rganildi.

Shuningdek, markaz faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, murojaat va muammolarni tizimli qayd etish, mas’ul tashkilotlarning tezkor choralar ko‘rishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida “Vaziyatlar markazi” xodimlarining kundalik faoliyati, xizmat intizomi, kelib tushayotgan murojaat va xabarlarni tezkor ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6