Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 27-“G‘oziyog‘liq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Rasulova tomonidan “Tug‘onboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning murojaatlari tinglandi hamda hududdagi mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Jumladan, Bog‘imaydon ko‘chasi, 10-uyda istiqomat qiluvchi, Kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqaro M.Muminova bilan suhbat o‘tkazilib, uning ijtimoiy holati va ehtiyojlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaroga muntazam ravishda ijtimoiy yordam ko‘rsatib kelinayotgani qayd etildi. Shuningdek, uning mavjud ehtiyojlari yuzasidan fikr almashilib, kelgusida zarur ko‘mak ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

M.Muminovaning ijtimoiy holati va unga ko‘rsatilayotgan yordamlar deputat nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4