Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
YANGIYO‘L MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #haftalik_ish_reja_doirasida

YANGIYO‘L MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan "16-Algoritm" saylov okrugi deputati, tuman hokimi Bunyod Mamadjanov tomonidan okrugi hududida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

📁 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 25-maydagi III-29-42-14-202-K/26-sonli “Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-iyuldagi 395-son “Toshkent shahridagi mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholi uchun yanada qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

🕯 Xususan, Yangiyo‘l mahallasida “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dastlabki ishlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Hududdagi mavjud infratuzilma, obodonlashtirish va qurilish ishlari bilan bog‘liq masalalar o‘rganilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning ketma-ketligi va sifati yuzasidan fikr almashildi.

🤔 Shuningdek, mahalla hududini kompleks rivojlantirish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda belgilangan ishlarni o‘z vaqtida boshlash va sifatli amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💼 O'rganishda Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, belgilangan ishlarning ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 4