Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA

👩‍💼 XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA

📍 Xalq deputatlari tuman Kengashining 22-Boburtepa saylov okrugi deputati Z.Xudoyberdiyeva hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari K. Shodmanov tomonidan Mang‘it mahallasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga jalb etish va daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida tumandagi ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik, hunarmandchilik, kashtachilik, gilamdo‘zlik kabi yo‘nalishlarga jalb etish, ularning bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

❓ Shuningdek, deputat tomonidan mas’ullarga xotin-qizlar bandligini ta’minlashga oid bir qator muhim savollar berildi:
▪️ Tumanda nechta ishsiz xotin-qiz mavjud va ularning qanchasi doimiy yoki mavsumiy bandlikka jalb etilgan?
▪️ Ishsiz xotin-qizlarni kasanachilik va hunarmandchilikka jalb etish bo‘yicha qanday amaliy ishlar olib borilmoqda?
▪️ Kashtachilik va gilamdo‘zlik bilan shug‘ullanish istagidagi xotin-qizlar uchun zarur asbob-uskunalar, xomashyo va ish joylarini yaratish bo‘yicha qanday imkoniyatlar mavjud?
▪️ Kasb-hunarga o‘qitilgan xotin-qizlarning keyingi bandligi qanday ta’minlanmoqda?
▪️ Xotin-qizlar tomonidan tayyorlanayotgan hunarmandchilik mahsulotlarini sotish, bozorga chiqarish va daromad manbaiga aylantirish bo‘yicha qanday ko‘mak ko‘rsatilmoqda?
▪️ Bandligi ta’minlanmagan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash va ularni mavjud imkoniyatlarga yo‘naltirish bo‘yicha qanday tizim yo‘lga qo‘yilgan?
📑 Mas’ullar tomonidan deputatning savollariga tegishli ma’lumot va javoblar taqdim etildi.
⚠️ O‘rganish yakunida ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq va amaliy choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

🤝 Xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning doimiy va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hududda aholi farovonligini oshirishning muhim omillaridan biridir.

📌 Deputatlik nazorati doirasida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi, belgilangan vazifalar ijrosi va xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar kelgusida ham nazorat qilib boriladi.