Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan murojaatlar asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida Qo‘qon shahar “Rayhon” MFYdagi ko‘p qavatli uylar oldida tashkil etilayotgan “Workout” bolalar sport maydonchasi qurilish ishlari 5–6 oydan buyon mas’ul qurilish tashkiloti tomonidan yakuniga yetkazilmayotgani yuzasidan aholi tomonidan murojaat qilindi.

️Mazkur masalaga amaliy yechim topish maqsadida deputat tomonidan Qo‘qon shahar hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Mirmaqsudovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida “Rayhon” MFYdagi ko‘p qavatli uylar oldida barpo etilayotgan “Workout” bolalar sport maydonchasining qurilish ishlarini yakunlashda amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirmagan mas’ul qurilish tashkilotiga nisbatan qanday choralar ko‘rilayotgani haqida ma’lumot berish so‘ralgan.

Shuningdek, so‘rovda sport maydonchasining qurilish ishlari qachon to‘liq yakunlanishi, obyektni foydalanishga topshirish bo‘yicha aniq muddatlar yuzasidan batafsil ma’lumot va asoslantirilgan tushuntirish berish talab qilingan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan muddatda javob olinishi hamda sport maydonchasining qurilish jarayoni va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi nazorat qilinadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2