Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Hududdagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

 Hududdagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash deputati R.Maxammadiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov tomonidan Istiqbol mahallasida bo`lishdi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyaviy savol asosida hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, muammoli hududlar va xonadonlar bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Shuningdek, “qizil” va “sariq” hududlarda jinoyatchilikni bartaraf etish, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.

💡 Aniqlangan muammolar yuzasidan jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni kuchaytirish, hududlarda manzilli nazoratni yo‘lga qo‘yish va tegishli mas’ullar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

🎯 Asosiy maqsad — hududda xavfsiz muhitni ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarning osoyishtaligini mustahkamlash.

Slide 1 of 3