Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati Oqova suv qudug‘ining holati deputatlik nazoratiga olindi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Xususan, 11-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati S.Xodjayeva tomonidan “Do‘stlik” mahallasi, Taraqqiyot ko‘chasidagi 58-sonli ko‘p qavatli uy yonida joylashgan oqova suv (kanalizatsiya) qudug‘ining sanitariya va texnik holati o‘rganildi.

Nazorat davomida quduqning ustki qopqog‘i (lyuki) mavjud emasligi sababli atrofga badbo‘y hid tarqalayotgani, natijada hududda noqulay sanitariya sharoiti yuzaga kelgani va bu holat aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani aniqlandi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 11-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati S.Xodjayeva tomonidan “Surxondaryo suv ta’minoti” AJ Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i v.b. J.Choriyevga deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovda:

- oqova suv qudug‘ining holatini mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish;
- texnik va sanitariya xavfsizligi talablariga javob beradigan mustahkam yangi lyuk o‘rnatish;
- amalga oshirilgan ishlar va ko‘rilgan amaliy choralar yuzasidan Termiz shahar Kengashi kotibiyatiga yozma axborot taqdim etish so‘raldi.

Aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.