Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Shodlik” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularning bandligini ta’minlash hamda muammolarini manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muntazam o‘rganib, tahlil qilib borilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 13-“Shodlik” saylov okrugi deputati A.Karimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov “Shodlik” mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi hamda mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xususan:
3 nafar yoshning kontrakt to‘lovi to‘lab berilishiga ko‘maklashilgan;
24 nafar yoshning bandligi ta’minlangan;
4 nafar yosh kasb-hunarga yo‘naltirilgan.

Shuningdek, yoshlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ayniqsa, band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozoriga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi va bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Yoshlar — mahalla taraqqiyoti va kelajak bunyodkorlaridir!

Slide 1 of 2