Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
#sessiya_kun_tartibiga_kiritiladigan_masalalar #haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Shodlik” mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash, jamoat tartibini saqlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muntazam o‘rganib, tahlil qilib borilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 13-“Shodlik” saylov okrugi deputati A.Karimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov “Shodlik” mahallasida bo‘lib, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining “24 ta eng muhim yo‘nalishi” doirasida tashkil etilib, hududdagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan profilaktik ishlar hamda aniqlangan muammolar atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida mahalladagi profilaktika inspektorining faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son qarori talablari asosida baho berildi.

Jumladan, huquqbuzarlikka moyil shaxslar bilan profilaktik ishlarni tashkil etish, oilaviy va maishiy nizolarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini olib borish hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, profilaktik tadbirlarning samaradorligini oshirish va mahallada osoyishtalikni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazorati — hududlarda qonuniylik, xavfsizlik va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlashning muhim omilidir.