Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
BOLALAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Usmonov N. tomonidan 274-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

🎓Suhbat davomida o‘quvchilar qonunlarga rioya qilish, o‘z huquq va majburiyatlarini bilish, jamoat joylarida odob-axloq qoidalariga amal qilish hamda turli huquqbuzarliklarga aralashib qolishning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi.

✅Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida zo‘ravonlik, bezorilik, bulling va boshqa salbiy holatlarning oldini olish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz hamda to‘g‘ri foydalanish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

⚖️Qonunchilik asosi: O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son Qonuniga muvofiq, huquqbuzarliklarning, ayniqsa voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni amalga oshirish muhim vazifalardan biridir.

📌Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1