Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati S.Normetova tomonidan tumandagi 479-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalar xavfsizligi, sanitariya-gigiyena holati hamda muassasalarning moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi.

✅Shuningdek, oshxonalarning sanitariya holati, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tayyorlash jarayonlari, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, hududning obodonlashtirilishi va ko‘kalamzorlashtirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

📌O‘rganish jarayonida ayrim muammoli masalalar ham aniqlandi. Jumladan, ayrim guruhlarda mebel va jihozlarning ma’naviy eskirgani, bolalar foydalanadigan o‘yin maydonchalari hamda ayrim jihozlarni ta’mirlash yoki yangilash zarurligi qayd etildi.

⚖️Qonunchilikka ko‘ra, mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son Qonuni talablari asosida tashkil etilishi lozim. Qonunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlash, bolalarning sog‘lom ovqatlanishi va xavfsizligini ta’minlashga doir majburiy talablar belgilangan. (lex.uz⁠)

📝Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha choralar belgilandi.

Slide 1 of 1