Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

#24_ta_tavsiya #kotibiyat_xodimi_faoliyati #Haftalik_ish_reja
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik #KQ_35_ijrosi #deputat_faoliyati
#deputat_okrugida #nazorat_tahlil

«Yangikent» mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 8-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A. Ergashev o‘zi saylangan saylov okrugidagi «Yangikent» mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov bilan birgalikda mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida «Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya»ning 5-bandida belgilangan vazifalar, jumladan, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatlarni sifatli tashkil etish, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash yo‘nalishidagi ishlarning holati o‘rganildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori talablari asosida mahalliy Kengash deputatining mahalla faollari bilan hamkorligi, aholi muammolarini o‘rganish, ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash hamda ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xizmat va yordamga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularga zarur ko‘maklarni manzilli yetkazish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari bilan ishlashni kuchaytirish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3