Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov tomonidan tumanning markaziy dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi va ularning zaxirasi o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida bozordagi savdo rastalari ko‘zdan kechirilib, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi va ularning narxlari bilan tanishildi. Shuningdek, mahsulotlarning savdoga chiqarilishi, xaridorlar ehtiyoji va bozordagi talabdan kelib chiqib zaxiralarni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔺Shu bilan birga, mavsumiy talab va aholining ehtiyojidan kelib chiqqan holda mahsulotlar zaxirasini yetarli darajada shakllantirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Zaxiralarning mavjudligi bozorda mahsulotlar taqchilligining oldini olish va aholi talabini barqaror qondirishda muhim omil hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ehtimoliy taqchilliklarni oldindan aniqlashga qaratilgan choralar davlat siyosatida ham nazarda tutilgan.

🔺Deputat tomonidan bozor mas’ullari bilan muloqot davomida mahsulotlar ta’minoti, zaxiralarni shakllantirish va narx-navo holati bo‘yicha ma’lumotlar olindi. Aholining xarid qobiliyatini inobatga olgan holda bozorda mahsulotlar turi va miqdorini yetarli darajada saqlab turish, narxlarda asossiz keskin o‘zgarishlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔺Shuningdek, bozorda savdo va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida sanitariya talablariga rioya etish, mahsulotlarni belgilangan tartibda saqlash va iste’molchilar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2