Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #yoshlar_maslahat_guruhi Yoshlar murojaatlari e’tiborda
Termiz shahrida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, intellektual hamda tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat” guruhi a’zosi A.G‘affarov shahar yoshlari bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazib, ularning murojaat va takliflarini tingladi.

Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqot davomida yoshlar tomonidan o‘zlarini qiynayotgan quyidagi hayotiy masalalar o‘rtaga tashlandi:

• Ish bilan ta’minlash: Ishsiz yoshlarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha munosib va doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish hamda zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish;
• Kontrakt to‘lovlari: Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalarning iqtidorli talaba-yoshlariga o‘qish shartnomasi (kontrakt) mablag‘larini to‘lashda amaliy yordam ko‘rsatish;
• Imtiyozli kreditlar: O‘z biznesini boshlash, tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarga imtiyozli bank kreditlarini ajratishda ko‘maklashish.

Muloqot davomida bildirilgan barcha murojaatlar A.G‘affarov tomonidan atroflicha tinglanib, tegishli tartibda ro‘yxatga olindi.

Murojaatlarning ijobiy hal etilishini ta’minlash maqsadida ular "Yoshlar maslahat" guruhi hamda shahar Kengashi deputatlari orqali shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda tijorat banklari kabi mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.