Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Deputat bilan uchrashuvda bildirilgan murojaat ijobiy yechim topdi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, 12-Toshkesar saylov okrugidan saylangan X.Mashrabayeva tomonidan saylov okrugida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fuqarolar murojaatlari ham o‘rganib borilmoqda.

Navbatdagi murojaatda Toshkesar MFY hududidagi Bog‘chasaroy ko‘chasining yo‘l holatini yaxshilash, xususan, ko‘chani asfaltlashtirish masalasi ko‘tarilgan.

Yillar davomida ta’mirtalab holatda bo‘lgan yo‘l mahalla aholisi uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqargan. Ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida piyodalar va transport vositalarining harakatlanishi yanada qiyinlashgan.

Mazkur masala deputat tomonidan tegishli tashkilotlar e’tiboriga yetkazilib, deputatlik so‘rovi asosida zarur chora-tadbirlar belgilandi. Natijada ko‘chada asfaltlash ishlari amalga oshirilib, yo‘lning holati yaxshilandi.

Bugungi kunda yangilangan asfalt qoplamasi aholining piyoda va avtotransport vositalarida xavfsiz hamda qulay harakatlanishiga xizmat qilmoqda.

Mazkur holat fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish orqali deputatlik nazoratining amaliy natijasini ko‘rsatmoqda.

Eng muhimi, saylovchilar tomonidan bildirilgan muammo e’tiborsiz qoldirilmadi. Deputatlik so‘rovi asosida masala tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, aholining yillar davomida kutilgan yo‘l muammosiga amaliy yechim topildi.

Slide 1 of 3