Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Xolmurotov tomonidan tumanning “Dadaboyev” mahallasida joylashgan 46-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida maktabda mavjud issiqlik tizimining sozligi tekshirilganligi, qozonxona ko‘rikdan o‘tkazilganligi ma’lum qilindi. Shuningdek, maktabning isitish tizimi uchun zarur bo‘lgan ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi yaratilgani o‘rganildi. Yoqilg‘i zaxirasining mavjudligi sovuq kunlarda ta’lim muassasasini barqaror isitish va o‘quv jarayonini belgilangan tartibda davom ettirish uchun muhim omil hisoblanadi.

🔺Deputat o‘rganish jarayonida maktab ma’muriyati va mas’ul xodimlar bilan suhbatlashib, kuz-qish mavsumida issiqlik tizimidan samarali foydalanish, qozonxonaning texnik holatini muntazam nazorat qilish, yoqilg‘i zaxirasini hisobini yuritish hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish masalalariga e’tibor qaratdi.

Slide 1 of 2