Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
GULISTON MAHALLASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLAR TOM QISMI TA’MIRLANDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Kim Marina Melisovna faoliyat yuritayotgan Guliston mahallasida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida deputat nazoratida hududdagi ko‘p qavatli uylarning tom qismini joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.


Jumladan, 27-, 33-, 37-, 45- va 44-sonli uylarning tom qismi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va tomning texnik holatini yaxshilash maqsadida tegishli ta’mirlash ishlari bajarildi.

Mazkur ishlar, avvalo, aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni amaliy jihatdan hal etish, ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanishdagi qismlarini soz holatda saqlash hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlashga qaratildi.

Ta’mirlash jarayoni deputat nazorati ostida olib borilib, murojaatlarda qayd etilgan muammolarning amaliy yechimi ta’minlandi.

Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘rganish, ularning yechimini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ta’minlash va amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 1