Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
QIRG‘IZ DELEGATSIYASI NAMANGANNING EKSPORT SALOHIYATI BILAN TANISHDI

 QIRG‘IZ DELEGATSIYASI NAMANGANNING EKSPORT SALOHIYATI BILAN TANISHDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi faoliyati doirasida hududning investitsion jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada Qirg‘iz Respublikasining davlat xizmatchilaridan iborat delegatsiya Namangan shahridagi “Dashtbog‘” kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan “Ilhomjon Textile” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlarga korxonada yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan mehnat sharoitlari hamda mahsulotlarning eksport imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ayni paytda ushbu tikuv korxonasida 100 nafardan ortiq fuqaroning bandligi ta’minlangan bo‘lib, bu hududda aholi daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan sifatli kostyum-shim mahsulotlari Turkiya hamda MDH davlatlari bozorida o‘z xaridorlariga ega ekani delegatsiya vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Namangan shahar hokimi, shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamolov mazkur kichik sanoat zonasi hududida eksport salohiyati yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari ko‘pligini alohida ta’kidlab, hududning sanoat va eksport salohiyati izchil kengayib borayotganini qayd etdi.

Mazkur tashrif hududlararo hamkorlikni mustahkamlash, eksport imkoniyatlarini kengaytirish hamda yangi investitsion loyihalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7