Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 2-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati O‘.Omonov tomonidan saylangan Yangi obod MFU hududida fuqarolar bilan uyma-uy, ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Muloqotlar davomida fuqarolarning mavjud muammo va takliflari tinglanib, hududda amalga oshirilgan ishlar, yaratilayotgan sharoitlar hamda aholining bu boradagi fikr-mulohazalari o‘rganildi.

Shuningdek, hududdagi obodonlashtirish, infratuzilma va aholi uchun qulay sharoitlarni yaxshilash borasidagi ishlar bilan tanishilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday ochiq muloqotlar orqali aholi bilan bevosita ishlash, ularning fikr va takliflarini inobatga olish hamda hudud qiyofasini yanada obod va zamonaviy ko‘rinishga keltirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda. Bu esa mahallalarda “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini aks ettiruvchi qulay va farovon muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5