Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
AHOLI MUROJAATI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashiga “Shayx Shibli” mahallasida qurilish ishlari olib borayotgan tashkilot tomonidan kun-u tun shovqinli ishlar amalga oshirilayotgani, natijada aholi osoyishtaligi buzilayotgani yuzasidan bir necha bor murojaatlar kelib tushdi.

✅Mazkur murojaatlar yuzasidan Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati R. Yusupov “Shayx Shibli” MFY hududiga chiqib, aholi bilan uchrashdi va fuqarolarni qiynayotgan masalani joyida o‘rgandi.

👥Deputat tomonidan qurilish ishlarini olib borayotgan tashkilot vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, aholining murojaatlari va e’tirozlari yetkazildi. Suhbat davomida fuqarolarning tinchligi va normal dam olishini ta’minlash, qurilish ishlari vaqtida shovqin darajasiga rioya etish masalalari muhokama qilindi.

⚖️O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 9-sentyabrdagi O‘RQ-1171-son “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, qurilish maydonlarida mehnat faoliyati, qurilish texnikasi va transport vositalaridan yuzaga keladigan shovqin fuqarolarning osoyishtaligiga ta’sir qiluvchi shovqin sifatida belgilangan. Qonunda turar joy binolari va ularga tutash hududlarda shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasidan yuqori shovqin chiqaradigan qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini 09:00 dan 18:00 gacha amalga oshirishga ruxsat etilgan.

🤝Uchrashuv yakunida quruvchi tashkilot vakillari bilan kelishuvga erishilib, kechki vaqtlarda aholini bezovta qiladigan shovqinli qurilish ishlarini amalga oshirmaslik bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 2