Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
Inson qadri ustuvor: “Oydinko‘l”da manzilli e’tibor va amaliy yechimlar

Inson qadri ustuvor: “Oydinko‘l”da manzilli e’tibor va amaliy yechimlar

Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Ayubxon Kamolov “Oydinko‘l” mahallasida istiqomat qiluvchi, nogironligi bo‘lgan fuqaro Ibragimov Asqarali xonadoniga tashrif buyurib, uning turmush sharoiti hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash darajasi bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan mazkur fuqaroga ko‘rsatilgan xizmatlar samaradorligi atroflicha o‘rganildi. Shu bilan birga, fuqaroning kundalik hayotida duch kelayotgan muammolari, ehtiyojlari va takliflari bevosita tinglandi.

Muloqot jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda manzilli yordamni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

Mazkur o‘rganish ishlari aholi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarining hayot sifatini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning muhim ko‘rinishidir.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Slide 1 of 5