Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich mahallasidagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida maktab binosining isitish tizimi, sinf xonalari va boshqa o‘quv xonalarida haroratni me’yorida saqlash imkoniyatlari, elektr va issiqlik ta’minoti, deraza va eshiklarning holati hamda mavsum davomida o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, maktabning kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazishi uchun zarur bo‘lgan ko‘mir zaxirasi, uning saqlanish holati va yoqilg‘idan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, sovuq kunlarda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, mavjud isitish vositalaridan xavfsiz foydalanish, texnik nosozliklarning oldini olish hamda ehtimoliy muammolarni oldindan bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Maktab rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan suhbat davomida kuz-qish mavsumida o‘quvchilar salomatligi va xavfsizligi, sinfxonalarda qulay haroratni ta’minlash hamda ta’lim jarayonining uzluksizligini saqlash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mavsumga tayyorgarlik ishlarini yakunlash hamda mavjud muammolar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3