Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ekspert guruhi:
янв.21
🚸 YANGIOBOD KO‘CHASIDA XAVFSIZ HARAKATLANISH SHAROITI YARATISH TO‘G‘RISIDA
янв.21
🏛 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Qaysi mansabdorlar shartli ravishda nomzod bo‘la oladi?
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Kengashlar – normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega
янв.21
🇺🇿 Yoshlar bilan muloqot: xorijda mehnat qilayotgan yoshlar holati o‘rganilmoqda
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI Deputatning asosiy vazifalari va saylovchilar bilan ishlash
янв.21
Deputat o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi kerak:
SARMICHDA PIYODALAR UCHUN QULAY VA XAVFSIZ YO‘LAK BARPO ETILMOQDA

Aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani yaratish, mahallalar qiyofasini zamonaviylashtirish hamda piyodalar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A.Isroilov Sarmich mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida qurilayotgan piyodalar yo‘lagida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida piyodalar yo‘lagining qurilish jarayoni, bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan loyiha talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yo‘lakning aholiga, ayniqsa, keksalar, bolalar va maktab o‘quvchilarining xavfsiz harakatlanishi uchun qanchalik qulay bo‘lishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qurilish jarayonida piyodalar harakatining uzluksizligini ta’minlash, yo‘lakning mustahkam va foydalanish uchun qulay bo‘lishi, atrof hududni obodonlashtirish hamda yo‘l harakati xavfsizligi talablariga rioya etish muhimligi qayd etildi.

Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning faqat qurilish hajmi bilan emas, balki aholi uchun amaliy qulaylik yaratishi va kundalik hayot sifatini yaxshilashi bilan baholanishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, foydalanilayotgan materiallarning sifatiga e’tibor qaratish hamda hududni obodonlashtirish ishlarini uyg‘un holda olib borish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3