Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
🚦 YO‘L HARAKATI — BARCHAMIZNING XAVFSIZLIGIMIZ! O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni
янв.21
🏥 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR UCHUN TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ KO‘CHAMA-KO‘CHA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
⚽️ MAHALLA HUDUDDIDAGI SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 REPRODUKTIV SALOMATLIK XIZMATLARI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏠 Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘lari hisobidan uy tomi shifer qilindi.
янв.21
⚡️ DEPUTATLIK SO‘ROVI JAVOBI
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 25-sentabr kuni Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyaga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva raislik qildi.

Sessiya kun tartibidan shahar hayotining turli yo‘nalishlariga oid muhim masalalar o‘rin oldi.

O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi 295-son qaroriga muvofiq Qo‘qon shahridagi 850 ta geografik obyekt — ko‘cha, tor ko‘cha va berk ko‘chalarni nomlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala;

Qo‘qon shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala;

Qo‘qon shahrida “Soya-salqin sayr ko‘chasi”ni barpo etish to‘g‘risidagi masala;

“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi”dan mablag‘ ajratishga rozilik berish to‘g‘risidagi masala;

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala.

Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli ma’ruzalar tinglanib, deputatlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar muhokama qilindi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Mazkur sessiya doirasida shahar hududini rivojlantirish, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan masalalar ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 9