Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
📊 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH MASALASI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
🟦 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 AHOLI MUAMMOLARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🟦 SESSIYA OLDI O‘RGANISH MAHALLALARDA ISHLAR SAMARADORLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
🟦 KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏘️ KOʼCHABOSHILAR BILAN MUAMMOLAR XONADONBAY O‘RGANILMQDA
янв.21
🟦 MIGRATSIYADA BOG‘LGAN VA XAVF GURUHIGA KIRITILGAN XOTIN-QIZLAR BILAN ONLAYN SUHBAT O'TKAZILADI
янв.21
🟦 YOSHLAR BANDLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🟦 OILAVIY TADBIRKORLIK — AMALIY QO‘LLAB-QUVVATLASH MARKAZIDA
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va ijtimoiy kafolatlarning to‘g‘ri, qonuniy va amaliy jihatdan to‘liq qo‘llanilishi, shuningdek, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarining ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati o‘tkazildi.
✅ O‘rganishning asosiy e’tibori nogironligi bo‘lgan fuqarolarning qonunchilikda belgilangan huquqlarini ta’minlash, ularga berilgan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish hamda qonun talablarining amaliyotda qay darajada ta’minlanayotganini aniqlashga qaratildi.
✅ O‘rganish davomida markazning Katta yoshdagilar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash bo‘limi mudiri Turopov Umid hamda Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash bo‘limi mudiri Hayitov Jahongir bilan muloqot o‘tkazildi.
✅ Muloqot davomida:
·         ♿️ nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
·         🦽 ularni zarur reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash;
·         🏠 uy sharoitida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar;
·         📩 fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish amaliyoti;
·         🎫 sanatoriyaga yo‘llanmalar ajratilishi;
·         ⚖️ davlat tomonidan belgilangan imtiyoz, huquq va ijtimoiy kafolatlarning amalda qo‘llanilishi
yuzasidan batafsil ma’lumotlar olindi.
📊 Shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish tartibi ham ko‘rib chiqildi.
🏥 Ma’lum qilinishicha, 2026-yilning III choragida 121 nafar fuqaroga sanatoriyaga yo‘llanma berilgan.
❓ O‘rganish jarayonida deputat tomonidan mas’ullarga fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qator muhim savollar berildi:
🟢 2026-yil davomida nogironligi bo‘lgan shaxslardan markazga nechta murojaat kelib tushgani va ularning qanchasi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgani;
🟢 nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va ijtimoiy kafolatlar, ulardan foydalanish tartibi hamda mavjud huquqlarini tushuntirish ishlari qanday yo‘lga qo‘yilgani;
🟢 sanatoriyaga yo‘llanma, reabilitatsiya vositalari va boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlarning to‘liq ta’minlanishi qanday nazorat qilinayotgani;
🟢 nogironligi bo‘lgan fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha muammolarni o‘z vaqtida hal etish va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish samaradorligi qanday ta’minlanayotgani.
✅ Berilgan savollar yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli javob va tushuntirish berildi.

imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi, ularni olishda fuqarolarga asossiz to‘siqlar yuzaga kelmasligi, murojaatlarning qonuniy va xolis ko‘rib chiqilishi hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarining amaliyotda to‘liq bajarilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ O‘rganish yakunida nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonunchilikda belgilangan huquqlarini ishonchli himoya qilish, davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyoz va kafolatlardan to‘laqonli foydalanish imkoniyatini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlarni manzilli va sifatli ko‘rsatish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
⚖️ Har bir imtiyoz — fuqaroga berilgan qonuniy huquq. Har bir huquq esa amalda ta’minlanishi kerak.                                                                                                                                                   

Slide 1 of 4