🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, 5-Beshmergan saylov okrugidan saylangan deputat Xolbayev Oybek Madaminovich tomonidan o‘z saylov okrugida joylashgan 33-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📖 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-637-son talablari ijrosi, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘rib chiqildi.
🔎 Jumladan:
▫️ ta’lim jarayonining samarali tashkil etilishi;
▫️o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
▫️ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar;
▫️o‘quvchilarning bilim olishi uchun qulay muhit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
🤝 O‘rganish yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.